» » Italiyalik erkak unga o‘z buyragini bergan hamshiraga uylandi

Italiyalik erkak unga o‘z buyragini bergan hamshiraga uylandi


Italiyaning Piza shahrida yashovchi erkak bir necha yil avval unga o‘z buyragini bergan hamshiraga uylandi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Jakomo Skinazi va Chinsiya Strakuadaini besh yil avval mahalliy yahudiylar jamiyati kotibi Skinazi o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan davolanayotgan Piza kasalxonasining dializ bo‘limida tanishgan edi. Davolanishga haftada uch kun qatnagan bemor va hamshira o‘rtasida iliqlik paydo bo‘lgan.

Transplantatsiya operatsiyasi muqarrar bo‘lib qolgach, ayolning buyragi bemorning organizmi bilan 99 foiz mos kelishi ma’lum bo‘ldi. Buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi 2014-yilning iyulida amalga oshirildi. O‘tgan dam olish kunlari esa sevishganlar turmush qurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют