» » Xitoyliklar ko‘chada uchib yurgan pullarni yig‘ib, egasiga qaytardi

Xitoyliklar ko‘chada uchib yurgan pullarni yig‘ib, egasiga qaytardi


Xitoyning Shuanyashan shahrida o‘tkinchilar shamolda uchib yurgan pullarni yig‘ib, egasini topdi va unga pullarni qaytardi, deb yozadi South China Morning Post.

Odamlar ko‘chada jami miqdori 4,8 ming yuan (762 dollar)ga teng 100 yuanlik kupyuralarni to‘pladi. O‘tkinchilardan biri shu atrofda joylashgan bank bo‘limiga hodisa haqida xabar berdi. Uning tashabbusi bilan u yerda videokuzatuv kameralari qaydlari o‘rganildi.

Videoda bank tashrifchilaridan biri ko‘chaga qo‘lida 15 ming yuan (taxminan 2400 dollar) bilan chiqib, pullarni cho‘ntaklariga solayotgan paytda, o‘zi payqamagan holda kupyuralarning bir qismini yerga sochib yuborganini ko‘rishdi. Bank mijozning shaxsini aniqlab, u bilan bog‘landi. O‘tkinchilar pullarning deyarli hammasini yig‘ib qo‘ygan, faqat 200 yuangina kam bo‘ldi. Erkak tashabbuskorga hallolligi uchun pul taklif qildi, ammo u bundan bosh tortdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют