» » Kemada Avstraliyadan Yangi Zelandiyaga suzib o‘tgan to‘tiqushni hech kim payqamadi

Kemada Avstraliyadan Yangi Zelandiyaga suzib o‘tgan to‘tiqushni hech kim payqamadi


Yangi Zelandiyaga yetib kelgan kruiz kemasida pushti rang kakadu topildi. U Avstraliyaning Brisben shahridan (Kvinslend shtati) suzib kelgan, deb yozadi TJournal.

Qazilma sanoat vazirligi xodimlari (Ministry for Primary Industries) 2300 kilometr yo‘l davomida qushni payqamagan.

Uni kema Milford ko‘rfaziga yetib kelgandan keyingina portda ko‘rishgan. Xodimlar qush bilan nima qilishni hal qilishi kerak edi: mahalliy iqlim unga to‘g‘ri kelmas, uni tashish uchun esa uxlatib qo‘yishga to‘g‘ri kelar edi. Buning o‘rniga to‘tiqushni alohida bo‘sh kayutaga bog‘lab qo‘yishdi.

Qush Yangi Zelandiyada qolsa, mahalliy qushlar uchun xavfli infeksiyalar tashuvchisi bo‘lishi mumkin edi. Kemadagi veterinar kakadu terisi ostida uning egasi mikrochipini aniqladi. U esa, o‘z navbatida, Brisbenda qushning yo‘qolganligi haqida e’lon bergan. To‘tiqush unga topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют