» » Yangi Zelandiyada kleptomaniyaga uchragan mushuk qo‘lga tushdi

Yangi Zelandiyada kleptomaniyaga uchragan mushuk qo‘lga tushdi


Yangi zelandiyalik Ed Uilyams o‘z qaylig‘iga begona kiyimlar uning karavotiga qayerdan kelganini tushuntirishi uchun uzoq vaqt kerak bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning Mo laqabli mushugi begona kiyimlarni qo‘shnilarnikidan olib kelgan, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Mushuk tunda “ov qilishni” yaxshi ko‘radi. Mo bir haftada uyga qo‘shnilarning 40 ta buyumi va kiyimlarini olib kelgan. Mushuk olib kelgan barcha buyumlarni ko‘zga ko‘rinadigan joyga tashlagan. Uilyams va unng qaylig‘i bu narsalar uyda qayerdan paydo bo‘layotganini aniqlash uchun ikki hafta ovora bo‘lgan va mushukning futbolkani tishlab, uyda yugurib yurganini ko‘rgach, hammasini tushungan.

Ko‘rinishidan, mushuk kleptomaniya (o‘g‘rilikka moyillik) kasalligiga duchor bo‘lgan. Juftlik barcha o‘g‘irlangan buyumlarni o‘z egalariga qaytarmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют