WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Alphabet daromadi 100 milliard dollardan oshdi
Alphabet daromadi 100 milliard dollardan oshdi
Alphabet kompaniyasi yillik daromadi uning 20 yillik tarixi davomida 100 milliard dollardan oshdi. Bu haqda 2-fevral, juma kuni CNN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Kompaniya o‘tgan yilning oxirgi kvartalida 32,3 milliard dollar daromad qilgani haqida e’lon qildi. 2017-yil daromadining yakuniy summasi 110 milliard dollarga yaqinlashdi. 2016-yilda kompaniya daromadi 90 milliard dollarga yetgan edi.
100 milliard dollarlik marra Rossiyaning 2016-yilgi saylovlarga aralashuvi bilan bog‘liq mojaroga qaramasdan reklama savdosining muvaffaqiyatidan dalolat beradi. Mojaro tufayli reklamalarni chet mamlakatlarda xarid qilish siyosati o‘zgargan edi.
Texnologik kompaniyalar orasida Alphabet Amazon va Apple’dan ortda qolmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?