» » Amerikalik er-xotin lotereyadan 1000 dollar olishga kelib, million dollarni qo‘lga kiritdi

Amerikalik er-xotin lotereyadan 1000 dollar olishga kelib, million dollarni qo‘lga kiritdi


Amerikalik er-xotin lotereyadan yutib olgan 1000 dollarni olishga kelib, ming marta ko‘p pulni qo‘lga kiritdi. Bu haqda UPI portali xabar bermoqda.

Sindi Uli va uning turmush o‘rtog‘i Stiv Powerball lotereyasidan 1000 dollarni yutuq sifatida olib ketish uchun Indianapolis shahridagi markaziy ofisga bordi. Shunda Sindi yutuq chekidagi summaga qarab hayratlandi va u yerda ming dollar emas, million dollar qayd etilganini aytdi.

Lotereya vakillari esa ular haqiqatdan ham million dollar yutib olganini ma’lum qildi.

Uli stol tortmasini yig‘ishtirayotganida bir nechta lotereya chiptasini topib oldi. U chiptalardan yutuq chiqqan yoki chiqmaganini tekshirib ko‘rdi. Sentabr oyida sotib olingan chiptalardan birida oltita sondan beshtasi to‘g‘ri tushgani aniq bo‘lganidan so‘ng ayol ming dollar yutib oldim, deb o‘yladi.

Sindi bir necha yildan buyon haftasiga ikki marta lotereya chiptasini sotib oldi. Biroq, bungacha hali biror marta ham lotereyadan yutuq chiqmagan.

Er-xotin shuncha pulni nimaga sarflashini oshkor etmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют