» » GM Uzbekistan Sankt-Peterburgda avtomobillar ishlab chiqarmaydi

GM Uzbekistan Sankt-Peterburgda avtomobillar ishlab chiqarmaydi


Dekabr oyida GM Uzbekistan kompaniyasi Generel Motors’ning Sankt-Peterburgdagi ishlamay turgan zavodida avtomobil chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda, xususan, Rossyai sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma’lum qilgan edi, deb yozadi Spot.

Mavzuga doir: GM Uzbekistan Sankt-Peterburgda Ravon R2 ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi vaqtda Peterburgdagi zavodga ikki avtomobilsozlik kompaniyasi da’vogarlik qilmoqda, biroq ular orasida GM Uzbekistan yo‘q. Bu haqda, Sankt-Peterburgning sanoat siyosati va innovatsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Maksim Meyksinga asoslanib, RNS ma’lum qildi.

“Sankt-Peterburgdagi zavodda O‘zbekiston avtomobillarini ishlab chiqarish g‘oyasi vazir Denis Manturovga tegishli edi. Biroq biz gubernator delegatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda bo‘lganimizda, o‘zbek hamkasblarimiz bu masalani hatto ko‘tarishmadi ham. Biz hozir boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz”, — dedi Meyksin.

Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida Chevrolet va Opel brendi ostidagi avtomobillar yig‘ilgan GM’ning Sankt-Peterburgdagi ishlab chiqarish maydonchasi yiliga 100 mingdan ziyod mashina ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

GM Uzbekistan hozirgi vaqtda Rossiya bozoriga o‘zi ishlab chiqargan avtomobillarni Ravon brendi ostida yetkazib bermoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют