» » Tibbiy ko‘mak, issiq ovqat va yotoq: Toshkentda uysizlarga yordam ko‘rsatilmoqda

Tibbiy ko‘mak, issiq ovqat va yotoq: Toshkentda uysizlarga yordam ko‘rsatilmoqda


Toshkent shahrida ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan, shahar IIBB Patrul-post xizmati brigadasi shaxsiy tarkibi tomonidan, tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda, shahar hududida ma’lum bir yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 3-fevralga o‘tar kechasi 30 nafar uysiz shaxs joylardagi tibbiy muassasalarga joylashtirilgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan, issiq ovqat hamda yotoq joyi bilan ta’minlangan.

“Hozirda mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda”, — deyiladi bosh boshqarma axborotida.

Qayd etish joiz, idora matbuot xizmati uysizlarga ko‘rsatilgan yordam bo‘yicha hisobotlarni deyarli har kuni e’lon qilmoqda. Jumladan, 31-yanvarga o‘tar kechasi 45 nafar, 1-fevralga o‘tar kechasi 42 nafar, 2-fevralga o‘tar kechasi 52 nafar uysizga yordam ko‘rsatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют