» » Abdulla Aripov blokcheynlarni yoqlab gapirdi

Abdulla Aripov blokcheynlarni yoqlab gapirdi


O‘zbekiston delegatsiyasi Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Globalizatsiya davrida raqamli kun tartibi” forumida qatnashmoqda, deb yozadi “Spot.uz”. Unda MDH mamlakatlari iqtisodiyotini raqamlashtirishni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilinmoqda.

Forumda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ta’kidlaganidek, MDH mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishi va jahon maydonidagi raqobatbardoshliligining oshishi ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyotni samarali tarzda shakllantirish va rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot turli mamlakatlarda turlicha yo‘llar va sur’atlar bilan rivojlanadi, bu tabiiy jarayon. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning barcha modellari uchun umumiy xususiyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu innovatsiyalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlarning borligi, mavjud investitsiyalar hajmidir.

“An’anaviy moliya institutlari va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsion kompaniyalar o‘rtasida birgalikdagi integratsiyalashgan sheriklik maydonini yaratish zarur deb hisoblaymiz. Bunday hamkorlik mamlakatlarimiz moliya bozorlariga raqamli innovatsion mahsulotlarni birgalikda kiritishni tashkillashtirish, shuningdek, blokcheyn, ochiq ma’lumotlar va boshqalar kabi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha samarali yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi”, — dedi Abdulla Aripov.

Blokcheyn — bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi. Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq u turli tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют