» » O‘zbekistonning barcha hududlarida kovorking markazlarini yaratish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning barcha hududlarida kovorking markazlarini yaratish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonning barcha hududlarida kovorking markazlarini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Abdulla Aripov Olmaotada bo‘lib o‘tayotgan “Globalizatsiya davrida raqamli kun tartibi” forumida aytib o‘tdi, deb yozadi “Spot.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha 2018-yildayoq ishga tushiriladi. “Bu yil tadbirkorlarni rag‘batlantirish va mamlakatning barcha hududlarida kovorking markazlarini yaratish uchun biznes-akseleratsiya dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan”, — dedi Abdulla Aripov.

Bundan tashqari, bosh vazir besh yil davomida dasturiy mahsulotlarni eksport qilish hajmini o‘n barobar oshirish va sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 4 foizgacha yetkazish ko‘zda tutilganini aytdi.

“Raqamli iqtisodiyot sohasida innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma venchur fondlari, biznes-inkubatorlarni yaratishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli dasturni ishlab chiqishni taklif qilamiz”, — dedi Abdulla Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют