» » “Liverpul” darvozasiga 2 ta penalti tayin qilingan o‘yin Yurgen Kloppning hafsalasini pir qildi

“Liverpul” darvozasiga 2 ta penalti tayin qilingan o‘yin Yurgen Kloppning hafsalasini pir qildi


Bugun — 5-fevral kuni APL klublari 26-turni yakunlaydi. Uning so‘nggi o‘yinida “Chelsi” safarda “Uotford”ga qarshi saf tortadi.

Kecha mazkur turning markaziy o‘yini “Enfild” arenasida o‘tib, “Liverpul” unda “Tottenhem”ni qabul qildi va 2 ochko yo‘qotdi. Muhammad Saloh “mersisayd” klubini ikki bor hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa-da, har ikki safar “shporlar” muvozanatni tiklay oldi.

Shu kuni Jonatan Moss mezbonlar darvozasiga 2 ta penalti tayin qildi. Birini Harri Keyn noaniq amalga oshirdi. Ikkinchisida esa “Tottenhem”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Salohning ikkinchi golidan keyin g‘alabamizga shubha qolmagandi. Ammo hakam buni bizga ko‘p ko‘rdi. Jonatan Moss yaxshi referi, ammo bugun emas.

Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi

Tomonlarning Londonda kechgan birinchi o‘yinida Pochettino boshchilik qiladigan “Tottenhem” 4:1 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi. Bugun “Chelsi” raqibini taslim qilsa, turnir jadvalida “Liverpul”dan o‘zib ketadi.

Angliya Premyer-Ligasi

26-tur bellashuvlari

4-fevral, yakshanba

Gollar: Muhammad Diame, 22 (0:1). Luka Milivoyevich, 55-pen (1:1).

Gollar: Muhammad Saloh, 3 (1:0). Viktor Vanyama, 80 (1:1). Muhammad Saloh, 91+ (2:1). Harri Keyn, 94+ pen (2:2).

Noaniq penalti: Harri Keyn, 85 (T).

5-fevral, dushanba

“Uotford” — “Chelsi” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют