» » Bugun o‘yin. O‘zbekiston futzal termasi Osiyo Chempionati guruh bosqichining hal qiluvchi o‘yinida Yaponiya bilan o‘ynaydi

Bugun o‘yin. O‘zbekiston futzal termasi Osiyo Chempionati guruh bosqichining hal qiluvchi o‘yinida Yaponiya bilan o‘ynaydi


Futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun — 5-fevral kuni guruhdagi 3-tur bellashuvini Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi.

Bungacha har ikki terma vakillari 2 tadan bellashuvda zafar quchib, chorak final masalasini ijobiy hal qilishga erishgandi. Bugungi bellashuv guruh g‘olibi nomiga oydinlik kiritib beradi. To‘plar nisbati Bahodir Ahmedov boshchilik qilayotgan o‘zbekistonlik futzalchilarda yaxshiroq ekanidan kelib chiqilsa, ularni ehtimoliy durang natija ham qanoatlantiradi.

Yaponiyaga qarshi prinsipial o‘yinni Sport-TV to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 13:30 da start oladi. Bungacha O‘FA mamlakat termasining oldiga Osiyo Chempionatida zafar quchishni bosh maqsad sifatida qo‘ygandi.

1999-yildan buyon o‘tkazib kelinadigan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatida yaponiyalik futzalchilar 3 bor g‘olib chiqqan. Qolgan 11 ta turnirda Eronga teng keladigani topilmagan. Yaponiyalik futzalchilar finalda jami 8 marta to‘p surish baxtiga musharraf bo‘lgan.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi esa 4 marta — 2001, 2006, 2010 va 2016-yillarda finalda o‘ynagan. Shularning 3 tasida Eronga va 1 tasida Yaponiyaga imkoniyat boy berilgan. Sovrindorlik jihatidan olib qaraganda Yaponiya futzalchilari Osiyoda forslardan keyin ikkinchi hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют