» » Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Chempionatini koreyaliklar darvozasiga 13 ta gol urish bilan boshladi

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Chempionatini koreyaliklar darvozasiga 13 ta gol urish bilan boshladi


Osiyo Chempionatida g‘olib chiqish missiyasi bilan Xitoy Taypeyiga jo‘nab ketgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi musobaqani g‘alaba bilan boshladi.

“B” guruhining ilk turida Janubiy Koreyaga qarshi saf tortgan Bahodir Ahmedov jamoasi raqibi darvozasiga 13 ta gol urishga erishdi va o‘z postidan 2 tagina gol o‘tkazib yubordi. Guruhning ikkinchi o‘yinida bugun Yaponiya termasi Tojikistonni sinovdan o‘tkazadi.

Osiyo Chempionati

“B” guruhi. 1-tur

1-fevral, payshanba

Gollar: Artur Yunusov, 3 (1:0). Davron Choriyev, 7 (2:0). Davron Choriyev, 8 (3:0). Farhod Abdumavlonov, 11 (4:0). Davron Choriyev, 13 (5:0). Ixtiyor Ropiyev, 16 (6:0). Xusniddin Nishonov, 22 (7:0). Dilmurod Shavkatov, 22 (8:0). Jang Yeong Cheol, 25 (8:1). Ilhom Hamroyev, 26 (9:1). Dilshod Rahmatov, 31 (10:1). Anasxon Rahmatov, 36 (11:1). Jang Yeong Cheol, 39 (11:2). Mashrab Odilov, 40 (12:2). Davron Abdurahmonov, 40 (13:2).

O‘zbekiston termasi Osiyo Chempionatining amaldagi vitse-chempioni hisoblanadi. Ikki yil avval futzalchilar finalda Eron bilan duch kelib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют