» » O‘zbekistonda uch kun ichida ikkinchi marta YPX inspektorini urib ketishdi

O‘zbekistonda uch kun ichida ikkinchi marta YPX inspektorini urib ketishdi


O‘zbekistonda uch kun ichida ikkinchi marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchining Yo‘l-patrul xizmati xodimini urib ketishi holati kuzatildi, deb yozadi “Podrobno”.

“3-fevral kuni 11:20 da Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan F. Baqoyev Ibn Sino ko‘chasida Spark rusumidagi avtomobilni boshqarayotib, ushbu ko‘chada xizmat o‘tayotgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati inspektori T. Asadovni urib ketdi”, — deya ma’lum qilishdi IIVda.

Olgan jarohatlari natijasida Asadov kasalxonaga yotqizildi. Ayni paytda tekshiruv olib borilmoqda.

Nashr eslatishicha, 1-fevral kuni Xivaning Amir Temur ko‘chasida “VAZ-2107” avtomobilining mast haydovchisi YPX inspektori H. Hayitovni urib ketgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют