» » Toshkentda 15-may kuni ikki maktab o‘quvchisini mashina urib ketdi

Toshkentda 15-may kuni ikki maktab o‘quvchisini mashina urib ketdi


15-may, dushanba kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Chilonzor tumanlarida haydovchilar ikki nafar maktab o‘quvchisini mashinada urib yubordi, deb xabar berdi UzNews.

Birinchi yo‘l-transport hodisasi Qodirov ko‘chasida, Akusherlik va ginekologiya instituti qarshisida ro‘y bergan. 1981-yilda tug‘ilgan Matiz avtomobili haydovchisi 2004-yilda tug‘ilgan, 221-maktabning 6-sinfida o‘qiydigan qizni mashinasida urib yuborgan. Qizaloq jiddiy tan jarohati olgan.

Ikkinchi yo‘l-transport hodisasi esa Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1954-yilda tug‘ilgan Nexia avtomobili haydovchisi 2001-yilda tug‘ilgan, maktabda 8-sinfda o‘qiydigan qizni mashinasida urib yuborgan. Qizga turli darajadagi tan jarohatlari yetgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют