» » Seul KXDR Olimpiada o‘yinlariga Kim Yon Nam boshchiligidagi delegatsiyani yuborayotganidan mamnun

Seul KXDR Olimpiada o‘yinlariga Kim Yon Nam boshchiligidagi delegatsiyani yuborayotganidan mamnun


Janubiy Koreya hukumati KXDR Pxyonchxandagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimiga Oliy xalq yig‘ini (parlament) raisi Kim Yon Nam boshchiligidagi delegatsiyani yuborayotganidan mamnun. Bu haqda prezident ma’muriyatining rasmiy vakili Kim Iy Gyom ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Mazkur qadam Pxenyan Koreyalararo munosabatlarni yaxshilashga va Olimpiada o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishi uchun chin dildan harakat qilayotganini bildiradi”, — deb ta’kidladi Kim Iy Gyom.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR rasmiy rahbari Kim Yon Nam bilan uchrashishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Kyodo agenligining ma’lumotlariga ko‘ra, delegatsiya tarkibidan KXDR rahbari Kim Chen Inga yaqin bo‘lgan siyosatchilar ham o‘rin olishi mumkin. Bu esa shubhasiz ikki mamlakat o‘rtasida aloqalarni yaxshilashga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют