» » AQSh va Janubiy Koreya qishki Olimpiada davomida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmaslikka kelishib oldi

AQSh va Janubiy Koreya qishki Olimpiada davomida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmaslikka kelishib oldi


AQSh prezidenti Donald Tramp va Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje In telefon orqali muloqotda Pxyonchxanda qishki Olimpiada o‘tkazilishi davomida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazilishini qoldirishga kelishib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Gap qo‘shinlarning barcha turlari ishtirokidagi Foal Eagle manyovrlari, shuningdek, Key Resolve qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarini keyinroqqa qoldirish haqida ketmoqda.

Odatda ular fevral-mart oylarida o‘tkaziladi, bu esa Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan sanaga to‘g‘ri kelmoqda. Oxirgi yillarda manyovrlarda 200 mingdan 300 minggacha harbiy xizmatchi ishtirok etgan, AQSh strategik qurol-aslahalari jalb etilgan.

Tramp Mun Chje Inga u Shimoliy Koreya tomoniga Olimpiada davomida harbiy mashqlar o‘tkazilmasligini yetkazishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, KXDR bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishda yordam taklif etdi.

Опубликовано: admin (5-01-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют