» » Toshkentda bemor va uning qarindoshlariga qo‘pollik qilgan tibbiyot xodimlari ishdan olindi

Toshkentda bemor va uning qarindoshlariga qo‘pollik qilgan tibbiyot xodimlari ishdan olindi


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov raisligida 5-fevral kuni vazirlikning navbatdan tashqari hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoseklektor tarzida o‘tgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, respublika tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasasi rahbarlari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari hamda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari direktorlari ishtirok etdi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Hay’at yig‘ilishining birinchi masalasi aholidan kelib tushayotgan murojaatlar tahliliga bag‘ishlandi. Prezident virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlarning tibbiyotga tegishli qismi o‘rganilganda, ularning 12,6 foizi aynan sog‘liqni saqlash xodimlari harakati, bemor va uning qarindoshlariga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘linayotgani haqida ekani ma’lum bo‘ldi.

Toshkent shahar I.Irgashev nomli 4-son klinik shifoxonasi travmatologiya bo‘limida davolanayotgan bemor tomonidan yuborilgan murojaat o‘rganilganda ham shifoxonada ayni shu kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlangan. Bemor va uning qarindoshlari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida shifoxonaning travmatologiya bo‘limi mudiri T.Tog‘ayev va hamshira M.Tolipova haqiqatan ham tibbiyot xodimi deontologiyasi talablarini qo‘pol ravishda buzib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Bugun biz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yangicha ishlash tizimiga o‘tayapmiz. Ya’ni ishimizga bahoni xalq beradigan, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qiladigan tizimga. Hayotning o‘zi oldimizga eng asosiy maqsad — inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. Davlatimiz rahbarining qat’iy talabi ham shu. Har bir rahbar xodim xalq dardi, xalqning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi shart. Shu kabi holat boshqa tibbiyot muassasalarida ham sodir bo‘lmasligi, barcha o‘ziga tegishli xulosa chiqarishi uchun mazkur masala muhokamasini bugungi navbatdan tashqari bo‘layotgan hay’at yig‘ilishimizning bosh masalasi sifatida olib chiqdik.

Alisher Shodmonov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri

Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi hamda shifoxonada ma’naviy muhit buzilganligi, tibbiyot xodimlari o‘rtasida etika, deontologiya masalalari talabga javob bermaganligi uchun Toshkent shahar I.Irgashev nomli 4-son klinik shifoxonasi bosh shifokori S.Alimov, shifoxonaning bosh hamshirasi Sh.Alimova, travmatologiya bo‘limi mudiri T.Tog‘ayev va travmatologiya bo‘limi hamshirasi M.Tolipovalar o‘z vazifalaridan ozod etildi.

Yig‘ilish yakunida har bir tibbiyot xodimining asosiy vazifasi aholi salomatligini yanada yaxshilash, oilalarga kirib borgan holda muloqot o‘rnatish, kafolatlangan hamda boshqa tibbiy xizmat turlarining o‘z vaqtida va ko‘ngildagidek ko‘rsatilishini ta’minlash ekani yana bir bor ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют