» » Prezident virtual qabulxonasiga fuqarolardan tibbiyot sohasi bo‘yicha tushgan 25 ming murojaatning 93 foizga yaqini o‘z yechimini topdi

Prezident virtual qabulxonasiga fuqarolardan tibbiyot sohasi bo‘yicha tushgan 25 ming murojaatning 93 foizga yaqini o‘z yechimini topdi


Joriy yilning 2-may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e’tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi xodimlari, boshqarma boshliqlari, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbarlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Tadbir davomida tizimda aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi, olib borilgan sa’y-harakatlar natijasi va istiqbolli rejalar xususida batafsil ma’lumot berildi.

O‘tgan davrda mamlakat rahbarining internet tarmog‘idagi elektron qabulxonasiga fuqarolardan 740 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, murojaatlarning qariyb 3,5 foizi tibbiyotga tegishli.

Shu yilning 1-may holatiga ko‘ra, davlat rahbarining elektron qabulxonasiga fuqarolardan tibbiyot sohasi bo‘yicha tushgan jami 25 ming murojaatning qariyb 93 foizi o‘z yechimini topgan, olti foizi ko‘rib chiqish bosqichida, qolgan bir foizini esa anonim murojaatlar tashkil qiladi.

Hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat yoki takliflarni atroflicha o‘rganib, ularga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilgan.

Endilikda fuqarolar vazirlikning rasmiy veb-sayti — www.ssv.uz, shuningdek, ushbu internet manzilida ko‘rsatilgan elektron pochta yoxud telefon orqali mazkur virtual qabulxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yuborishi mumkin. Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbar xodimlari tomonidan joylarga chiqqan holda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda fuqarolarning yechimini kutayotgan muammo va takliflari joyida o‘rganilib, hal etilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют