» » Iqtisodiyot vazirligi: Go‘sht narxini bir me’yorda ushlab turish choralari ko‘rilmoqda

Iqtisodiyot vazirligi: Go‘sht narxini bir me’yorda ushlab turish choralari ko‘rilmoqda


O‘zbekistonda go‘sht-sut mahsulotlari narxlarini bir me’yorda ushlab turish maqsadida yog‘-moy korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan chorva ozuqasini birja savdolari orqali, birinchi navbatda, bozorlarga arzon narxlarda go‘sht yetkazib bergan fermer va dehqon xo‘jaliklariga ajratish tartibi joriy etiladi. Bu haqda, Iqtisodiyot vazirligi mas’ullariga asoslanib, O‘zA ma’lum qildi.

Qorako‘lchilik xo‘jaliklariga ham kuz-qish mavsumida omixta yem mahsulotlari birja savdolari orqali imtiyozli narxlarda yetkazib beriladi.

O‘zbekiston Prezidentining 19-yanvardagi “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi qaroriga muvofiq, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab texnik paxta chigiti istisno tariqasida o‘simlik moyi ishlab chiqaradigan, zamon talablariga javob beradigan texnologiyalarga va yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan korxonalarga birja savdolari orqali sotilmoqda.

Bu, birinchi navbatda, ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini va xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют