» » Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolari tartibga solinadi

Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolari tartibga solinadi


Shavkat Mirziyoyev 29-sentabr kuni “Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni Prezidentning rasmiy saytida keltirildi.

Hujjatda aytilishicha, valyutani tartibga solish sohasida davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, birja va ko‘rgazma-yarmarka bitimlari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning shaffof mexanizmlarini shakllantirish maqsadida birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari orqali hisob-kitoblar va o‘zaro hisob-kitoblar faqatgina birjalar va yarmarkalarda ro‘yxatdan o‘tgan bitimlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Shuningdek,

birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalari hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi;

import shartnomalari bo‘yicha tovar-xom ashyo birjalari yoki yarmarkalarning hisob-kitob-kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazilgan mablag‘lar faqatgina birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport shartnomalari, bojxona bojlari, sud xarajatlari hamda birja shartnomalarini tuzish va ijro etish bilan bevosita bog‘liq xizmatlar (vositachilik yig‘imlari, brokerlik haqlari, transportirovka va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar) to‘lovlari uchun ishlatilishi mumkin.

O‘zbekiston Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka birja va yarmarka savdolarining aniq chegarasini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish bo‘yicha takliflarni, shuningdek, Birjalarda hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish koidalari loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilandi. Birjalar tomonidan birja savdolari qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlash choralarini ko‘riladi.

Bundan tashqari, adliya vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют