» » AQSh delegatsiyasi Urganchda E-SUD elektron sudlov axborot tizimida ishlash tartibi bilan tanishdi

AQSh delegatsiyasi Urganchda E-SUD elektron sudlov axborot tizimida ishlash tartibi bilan tanishdi


AQSh xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy missiyasi direktori o‘rinbosari Sara Uolter boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudiga tashrif buyurib, E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda “Daryo”ga USAID’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Chet ellik mehmonlar fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudida dastlab sud devonxonasida E-SUD tizimining birinchi instansiyasiga oid qismini, shu jumladan, sudga kelib tushgan ariza va da’vo arizalarini avtomatik tarzda ro‘yxatga olinishi, mas’ul sudyalarga taqsimlanishi, sudyalar tomonidan tayinlanishi, ularni ko‘rish natijasi bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlarining taraflarga yuborilishi, ishlarni ko‘rish bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarning shakllantirilishi kabi elektron tarzda amalga oshiriladigan protsessual harakatlar bilan yaqindan tanishdi.

Xorijlik delegatsiya vakillariga tizimning rivojlanish bosqichlari va hozirgi holati, erishilgan ijobiy natijalar, yangi modul va xizmatlarni yaratish hamda E-SUD tizimini boshqa axborot resurslari bilan bog‘lash bo‘yicha rejalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga loyiha doirasida tayyorlangan bir nechta kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 14) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют