» » Suriyada urib tushirilgan Su-25 uchuvchisi asirlikka tushmaslik uchun o‘zini granata bilan portlatib yubordi

Suriyada urib tushirilgan Su-25 uchuvchisi asirlikka tushmaslik uchun o‘zini granata bilan portlatib yubordi


Rossiyaning Suriyada urib tushirilgan Su-25 samolyoti uchuvchisi Roman Filipov patrullash bo‘yicha topshiriqni bajarayotgandi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda. 

Nashrga ko‘ra, mayor Filipov Idlib viloyatini patrullash bilan shug‘ullangan. Parvoz to‘liq jangovar komplekt bilan amalga oshirilgan. Manyovrlar nisbatan past — 4 ming metr balandlikda bajarilgan.

Qaysidir asnoda samolyot dvigateliga jangarilar tomonidan uchirilgan raketa kelib tegadi, biroq Filipov samolyotni havoda ushlab turishga urinadi. Ko‘p o‘tmay boshqaruv tizimida nosozliklar boshlandi va vaziyat xatarli tus oldi. Mayor katapulta qilishga majbur bo‘ldi. 

Jangarilar parashyutda tushayotgan harbiyga qarata o‘t ochdi. Uchuvchi yerga qo‘nish va manzili haqida Xmeymimdagi qidirish-qutqarish xizmatiga xabar berishga muvaffaq bo‘lgandi. U jangarilar bilan otishmaga kirishdi, so‘ng asirlikka tushmaslik uchun o‘zini granata bilan portlatib yubordi. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-02-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют