» » Ikki oyda O‘zbekistondan Umra safariga 8736 nafar ziyoratchi boradi

Ikki oyda O‘zbekistondan Umra safariga 8736 nafar ziyoratchi boradi


Joriy yilning 1-fevralidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi “Umra. Bahor-2018” dasturi doirasida qatnovlarni amalga oshira boshladi. Bu haqda MAK Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu dastur doirasida Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha jami 46 ta qatnov amalga oshirilib, unda 8736 nafar ziyoratchini Boeing-767 samolyotlarida belgilangan manzilga eson-omon yetkazish rejalashtirilgan.

Milliy aviatashuvchi mutaxassislari tomonidan “kichik haj” amaliga puxta hozirlik ko‘rish bilan birga ziyoratchilarga qulay shart-sharoit yaratish, yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Jumladan, ziyoratchilar bilan ishlovchi maxsus guruh tashkil etilgan. Shuningdek, sahn taomnomasiga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, undan halol go‘sht mahsulotlari, quruq mevalar, turli salatlar, sarxil mevalar va shirinliklar o‘rin olgan.

Milliy aviakompaniyaning barcha tarkibiy bo‘linmalari mazkur dasturni amalga oshirishga tayyor ekanini ko‘rsatmoqda.

“Umra. Bahor-2018” dasturi shu yilning 29 martiga qadar davom etishi ko‘zlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют