» » Hindistonda to‘rt oyoqli jo‘ja tug‘ildi (video)

Hindistonda to‘rt oyoqli jo‘ja tug‘ildi (video)


Hindistonda to‘rt panjali jo‘ja dunyoga keldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Parrandaning egasi katta-katta mablag‘lar taklif qilinayotganiga qaramay, uni sotishdan bosh tortmoqda.

Jo‘ja taxminan 2 oy oldin tug‘ilgan, u oddiy parranda kabi o‘sib rivojlanmoqda.

Madxya-Pradesh shtatidagi Rojxada qishlog‘ida yashovchi jo‘janing xo‘jayini Javed Alining aytishicha, g‘aroyib parrandani tomosha qilish uchun uning uyiga har kuni mehmonlar keladi. Ba’zilar jo‘ja uchun hatto besh ming rupiya (77 dollar) taklif qilgan.

Jo‘jada qo‘shimcha bir juft panja paydo bo‘lishiga polimeliya — odatda ishlamaydigan qo‘shimcha qo‘l-oyoqlar rivojlanishiga olib keluvchi irsiy kasallik sababchi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют