» » BMT yoshlar forumida O‘zbekistondagi yoshlar siyosati haqida ma’lumot berildi

BMT yoshlar forumida O‘zbekistondagi yoshlar siyosati haqida ma’lumot berildi


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida BMT yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan respublikada olib borilayotgan yoshlar siyosati taqdim qilindi, deb xabar yozadi “Xalq so‘zi”.

“Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistondagi yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tuzilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati, uning o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanishga da’vat etilgani, aholining ushbu qatlami huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining tubdan isloh etilishiga doir ma’lumotlar bilan yaqindan tanishdi”, — deyiladi xabarda.

BMT forumi qatnashchilarining asosiy e’tibori 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qaratildi.

Yoshlar forumining ochilish marosimida BMT kotibiyati, boshqa xalqaro tashkilotlar, nodavlat notijorat hamda yoshlar tizimlarining vakillari ishtirok etdi.

Forum doirasida bo‘lib o‘tgan yalpi yig‘ilish, davra suhbatlari hamda seksiya tadbirlari chog‘ida tashkilotga a’zo davlatlar vakillari o‘z mamlakatlarida yoshlar siyosati sohasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. Uning yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют