WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Bugun Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi
Bugun Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tadi
Bugun, 6-fevral kuni O‘zbekiston Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev fuqarolarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi, deb xabar qilаdi O‘zA.
Uchrashuv soat 19:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar press klubida tashkil etiladi.
Muloqotda qatnashish erkin.
Muloqotda O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining bugungi holati, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faoliyati, istiqboldagi rejalari haqida ma’lumot beriladi.
Jonli muloqotni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Facebook’dagi rasmiy sahifasida onlayn kuzatib borish, shuningdek, savollar, murojaatlar va takliflarni yo‘llash mumkin.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?