» » Tashqi savdo vazirligi qoshida ekspert kengashi tashkil etiladi

Tashqi savdo vazirligi qoshida ekspert kengashi tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi qoshida maxsus Ekspert kengashi tashkil etilmoqda, deb yozadi UzDaily.

Kengash vazifalari mahalliy eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, logistika tizimini rivojlantirish va tashqi savdo hajmlarini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va implementatsiya qilishning samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ladi.

Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev tomonidan taklif etilgan konsepsiyaga muvofiq, kengash tarkibiga vazirlik mutaxassislari bilan bir qatorda mustaqil ekspertlar, shuningdek, eksportchi korxonalar vakillari ham kiradi.

Kengash huzurida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha bir nechta ishchi guruhni shakllantirish rejalashtirilmoqda.

Normativ-huquqiy aktlarni ishlab chiqish va o‘zgartirishlar kiritishni muhokama qilish jarayonlarida ekspertlar ishtirokining muhimligi alohida ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 124) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют