» » Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya rahbarini Vaytangi kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi Zelandiya rahbarini Vaytangi kuni bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-fevral kuni Yangi Zelandiya general-gubernatori Petsi Reddini milliy bayram — Vaytangi kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, 1840-yil 6-fevralda Buyuk Britaniya vakillari maori qabilalari oqsoqollari bilan Vaytangi degan joyda kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, Yangi Zelandiya Buyuk Britaniya boshqaruviga o‘tgan, maorilar esa o‘z mol-mulki va yerlarini saqlab qolgan.

Ushbu kelishuv imzolangan kun Yangi Zelandiyaga asos solingan kun hisoblanadi. Kelishuv mamlakatning konstitutsion hujjatlaridan biri hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют