» » Umid Ahmadjonov Pxenchxan qishki Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga yetib keldi

Umid Ahmadjonov Pxenchxan qishki Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga yetib keldi


Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov 9-fevral kuni qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etadi. Mazkur tadbirda ishtirok qatnashish maqsadida Ahmadjonov Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahriga yetib keldi.

Qishki Olimpiadada O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi himoya qiladi. Yaqindagina delegatsiyani Pxenchxanga jo‘natish oldidan tadbir o‘lkazilgandi. Kecha — 6-fevral kuni futbol bo‘yicha jahon kubogining taqdimot marosimida ishtirok etgan MOQ prezidenti, shu kunning o‘zidayoq qishki Olimpiada delegatsiyasi bilan birga yo‘lga chiqqan. Misha Ge 10-fevraldan so‘ng Janubiy Koreyaga AQSh orqali yetib keladi.

MOQ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ertaga — 8-fevral kuni Pxenchxandagi olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish marosimi o‘tkaziladi. Ahmadjonov unda ham bevosita ishtirok etadi.

O‘FA hamda MOQdagi qator yumushlari borligi sabab Ahmadjonov 13-fevralga qadar Toshkentga qaytib kelishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют