» » Jim Kerri Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi tufayli Facebook’dagi sahifasini o‘chirdi

Jim Kerri Rossiyaning AQSh saylovlariga aralashuvi tufayli Facebook’dagi sahifasini o‘chirdi


Gollivud aktyori Jim Kerri Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi tufayli Facebook’dagi sahifasini o‘chirdi va ijtimoiy tarmoq aksiyalarini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 6-fevral, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Facebook’dagi aksiyalarimdan xalos bo‘laman va sahifamni o‘chiraman. Chunki Facebook Rossiyaning bizning saylovlarimizga aralashuvidan foyda ko‘rgan va kompaniya buni to‘xtatish uchun yetarli choralar ko‘rmayapti, — deya ta’kidladi Kerri. — Kelajagimizga befarq bo‘lmagan barcha investorlarni aynan shunday yo‘l tutishga chaqiraman”.

Aktyor, shuningdek, CNBC telekanali jurnalistlariga ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют