» » Xalq banki: ish haqi, pensiya va nafaqalarga lotereya chiptalarini qo‘shib sotish qat’iyan taqiqlangan

Xalq banki: ish haqi, pensiya va nafaqalarga lotereya chiptalarini qo‘shib sotish qat’iyan taqiqlangan


Mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatish jarayonida pensiya va nafaqalarga lotereya chiptalari qo‘shib berilishi holatlari qayd etilgan. Bu haqda Xalq bankining Adliya vazirligiga yo‘llagan xatida ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Xatda ta’kidlanishicha, lotereya chiptalarini ish haqi, pensiya va nafaqalar, boshqa birinchi darajali to‘lovlarga qo‘shib sotish qat’iyan taqiqlangan. Bu bo‘yicha quyi filiallarga Xalq banki boshqaruvining alohida ko‘rsatmasi berilgan.

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar va shikoyatlarda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan filial rahbarlari va mas’ul xodimlariga nisbatan mehnat qonunchiligi talablari doirasida intizomiy choralar ko‘rilgan.

Jumladan, 2017-yilda mijozlarga bank xizmatlari ko‘rsatilishida amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etmagan va ishda (jumladan, lotereyalar bilan ishlashda) qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bank filiallarining 222 nafar rahbar xodimiga Mehnat kodeksining hayfsan va jarima qo‘llash tarzidagi intizomiy chora ko‘rilgan, 91 nafar rahbar va bosh buxgalter esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bank rahbariyati tomonidan fuqarolarga lotereyalarning sotilishini qat’iy ravishda ixtiyoriylik tamoyiliga rioya qilgan holda amalga oshirish va fuqarolarning asosli e’tirozlari kelib chiqishining oldini olish choralari ko‘rib boriladi hamda jarayon doimiy nazoratga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 122) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют