» » Xalq banki o‘z inkassatsiya xizmatini ishga tushiradi. 590 ta Damas inkassatorlik qiladi

Xalq banki o‘z inkassatsiya xizmatini ishga tushiradi. 590 ta Damas inkassatorlik qiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-martdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Xalq banki naqd pensiya va nafaqa pullarini to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Xalq banki naqd pensiyani to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli organga aylandi

Markaziy bank axborotiga ko‘ra, Xalq banki, yangi qarorga muvofiq, o‘z kassir va kontrolyorlari sonini oshiradi, markaziy apparat va filiallarni yetarli miqdorda mutaxassislar bilan to‘ldiradi, shuningdek, zarur jihoz va kompyuter texnikalarini sotib oladi.

Naqd mablag‘larni Xalq bankining yangi tashkil etiladigan maxsus kassalariga yetkazish uchun 590 ta inkassatorlik Damas avtomobillari xarid qilinadi. Markaziy bankning ko‘magi ostida Xalq bankining o‘z inkassatsiya xizmati ishga tushiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют