» » “O‘ztransgaz”: 6 mlndan oshiq iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda

“O‘ztransgaz”: 6 mlndan oshiq iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda


Milliy matbuot markazida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholiga muntazam va uzluksiz gaz mahsulotlarini yetkazib berish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida jurnalistlarga ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘ztransgaz” AJ boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulovning ta’kidlashicha, bugungi kunda 6 million 143 ming iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilmoqda. Ulardan 2 million 760 ming aholi xonadonlari suyultirilgan gazdan foydalanadi.

Joriy yilning o‘tgan davrida 105 kilometrdan ziyod gaz quvurlari ta’mirlandi, 239,7 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi, 7 ming kilometrga yaqin quvur bosim ostida sinab ko‘rildi.

O‘tgan yil aholiga 750 ming dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berildi. Joriy yilda yana 590 ming dona shunday ballonlar yetkazib berish rejalashtirilgan. Mutaxassislar fikricha, bugungi kunda maishiy gaz ballonlar umumiy soni 3,7 millionga yetib, 2017-yilda 366,2 ming tonna suyultirilgan gaz aholiga yetkazib berilgan. Bu aholining gaz yoqilg‘isiga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi.

— Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan 2018-yil 1-apreldan aholiga sotiladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatida 700 so‘m, qolgan hududlarda 500 so‘m etib belgilanadi. 2018-yil 1-avgustdan esa mamlakatning barcha hududlarida suyultirilgan gazning yagona chakana narxi joriy etiladi. Xususan, aholiga 1 kilogramm suyultirilgan gaz 800 so‘mdan yetkazib beriladi, — dedi A.Eshonqulov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-02-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют