» » Qishki Olimpiada mezboni Pxyonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi. Ertaga ochilish marosimi

Qishki Olimpiada mezboni Pxyonchxanda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi. Ertaga ochilish marosimi


Bugun — 8-fevral kuni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida joylashgan olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘ini rasman ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tashkilot prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligida Pxyonchxanga jo‘nab ketgan O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakat bayrog‘ini ko‘tarish marosimida ishtirok etdi. Uning davomida Ahmadjonov Pxyonchxan shahar meri bilan uchrashdi.

Olimpiada—2018 uchun maxsus ishlab chiqilgan suviner mer tomonidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi muzeyi uchun taqdim etildi. O‘z navbatida Umid Ahmadjonov shahar meriga esdalik sovg‘a topshirdi.

Ertaga — 9-fevral kuni Pxyonchxan Olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют