» » O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Qirg‘izistonga tashrif buyuradi


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi ishchi guruhi Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.

Mazkur tashrif ikki kun davom etib, uning asosiy maqsadi ikki taraflama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish etib belgilangan.

Ma’lumot uchun: 2017-yil ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 86 million AQSh dollariga oshib 253,9 million AQSh dollarni tashkil etdi. Qirg‘iziston Respublikasiga qilinayotgan eksportning asosiy ulushi — tabiiy gaz, tekstil hamda meva-sabzavot mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashrif davomida hukumatlararo muzokaralar bilan bir qatorda, ikki tomonning xususiy sektor vakillari bilan uchrashuvlar, korxonalarga tashriflar, shuningdek kooperatsiya va savdo shartnomalarini amalga oshirishni jadallashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, O‘sh viloyati chegara zonasida transchegaraviy savdo-sotiqni rivojlantirish imkoniyatini o‘rganish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют