» » Pentagon eng yangi “ko‘rinmas” esminetslarini qayta qurollantirishga qaror qildi

Pentagon eng yangi “ko‘rinmas” esminetslarini qayta qurollantirishga qaror qildi


Pentagon o‘zining eng yangi Zumwalt klassidagi “ko‘rinmas” esminetslarini qayta qurollantirish va ularning vazifasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda 15-fevral kuni Defence News nashri ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

AQSh Mudofaa vazirligi joriy kalendar yilining 1-oktabridan boshlanadigan 2019-moliyaviy yil uchun Kongressdan ikki shunday kemani boshqa raketa tizimlari bilan qayta jihozlash uchun 89,7 million so‘ragan.

Esminetslarni o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish tizimiga ega bo‘lgan SM-6 zenit raketalari bilan jihozlash mo‘ljallanmoqda. Ularning harakatlanish uzoqligi 370 kilometrdan ortiq. Ular suv usti va yerdagi nishonlarga zarba berish uchun ham qo‘llanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют