» » 2017-yilda eng kam o‘rtacha ish haqi Namangan viloyatida qayd etildi

2017-yilda eng kam o‘rtacha ish haqi Namangan viloyatida qayd etildi


2017-yilda eng kam o‘rtacha ish haqi respublika hududlari orasida Namangan viloyatida qayd etilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda viloyatda o‘rtacha hisoblangan oylik ish haqi 1 million 140 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi oyliklar miqdori ham respublikadagi o‘rtacha ish haqidan 20 foiz kam bo‘lgan.

O‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 1 million 986 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,7 foiz), Navoiy viloyatida 1 million 926 ming so‘mni (132,6 %) va Toshkent viloyatida 1 million 559 ming so‘mni (107,3 %) tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, Mehnat Kodeksiga muvofiq, muayyan davr uchun belgilangan mehnat normasini va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning oylik mehnat haqi qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi (2017 yil yanvar-dekabr oylarida 354,3 ming so‘mni tashkil etgan) bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Oldinroq O‘zbekistonda 2017-yilda o‘rtacha oylik ish haqi 12,3 foizga o‘sgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют