» » O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqining eng past ko‘rsatkichi — Namanganda. Qozog‘istonda avtobusda yonib ketganlarning kamida 29 nafari — Namangandan

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqining eng past ko‘rsatkichi — Namanganda. Qozog‘istonda avtobusda yonib ketganlarning kamida 29 nafari — Namangandan


18-yanvar kuni Qozog‘iston orqali Rossiyaga ketayotgan o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlik tiriklayin yonib ketdi. O‘zbekiston FVV 29 qurbonning ismlarini e’lon qildi: ularning barchasi namanganlik. Yonayotgan avtobusdan omon qolgan ikki o‘zbekistonlik ham Namangandan.

Bu hodisadan avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2017-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 453 200 so‘mni tashkil etganini ma’lum qilgan edi. Qo‘mita axborotida o‘rtacha oylik ish haqining eng past miqdori Namanganda qayd etilgani, viloyatda o‘rtacha oylik ish haqi 1 140 500 so‘mni tashkil etishi aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют