» » Hindistondagi yetakchi klinika vakillari Namanganda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda

Hindistondagi yetakchi klinika vakillari Namanganda tibbiy ko‘rik o‘tkazmoqda


Namanganlik shifokorlarning chet ellik mutaxassislar bilan hamkorligi kengayib bormoqda. Uning doirasida Hindistondagi yetakchi klinika — Fortes vakillari viloyatga keldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Klinikaning malakali mutaxasislari 3 kun davomida vodiy aholisiga beminnat tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Aniqrog‘i, kardiojarrohlik, ortopediya-neyrojarrohlik va nefrologiya-urologiya yo‘nalishlari bo‘yicha tibbiy ko‘riklar tashkil etiladi.

Faoliyat boshlanishi oldidan hindistonlik mehmonlar viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdi. Tibbiyot markazi bosh shifokori Abdumalik Rahmonov shifoxonada bolalarni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gapirib berdi. Shundan so‘ng ortoped-neyrojarroh Divesh Gulati shu joyning o‘zida bemor bolalar qabulini boshladi.

Hindistonning taniqli shifokorlaridan biri Radju Viyas viloyat kardiologiya markazida yurak xastaliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni qabul qilmoqda.

— 8 yildan beri Hindistonga borib, kardiologlar ko‘rigidan o‘tishni orzu qilardim. Bugun Namangandan chiqmay turib maqsadimga erishganimdan xursandman. Radju Viyas xastaligimga oid tekshiruv ma’lumotnomalarini o‘rganib, tegishli tavsiyalarini berdi. Sog‘lig‘imni tiklashga umid o‘yg‘ondi, — deydi Jahongir Sultonov.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi poliklinikasida ham tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda. Uni mazkur klinika shifokori, professor Salil Jainning asissenti Kumar Anish va o‘zbekistonlik nefrologlar amalga oshirmoqda.

Fortes vakillari orasida nafaqat vrachlar, balki investitsiya bo‘yicha menejerlar ham bor. Bundan o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lami yanada ravnaq topishi haqida xulosa qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют