» » “O‘zbektelekom” bulutli tizimlar negizida axborot tarmoqlarini barpo etish va boshqarishga bag‘ishlangan seminarga mezbonlik qildi

“O‘zbektelekom” bulutli tizimlar negizida axborot tarmoqlarini barpo etish va boshqarishga bag‘ishlangan seminarga mezbonlik qildi


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida mahalliy axborot texnologiyalari korxonalari xodimlari uchun bulutli tizimlar negizidagi axborot tarmoqlarini barpo etish va boshqarishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbir nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlaridan iborat bo‘lib, ularda mutaxassislar axborot tarmoqlarini yaratish sohasidagi eng so‘nggi texnik ishlanmalar bilan tanishdi.

Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar professional darajasini oshirib, tarmoqlararo ekranlarning yangi nusxalarini sozlash jarayonini o‘zlashtirdi, tarmoqlarni sozlashga ixtisoslashgan dasturiy ta’minotdan foydalanishga oid ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, turli tarmoq uskunalari, jumladan, tarmoqlararo ekranlar va xavfsizlik shlyuzlarining yangi lineykalari prototipining so‘nggi modellari namoyish qilindi.

Seminar dasturining asosiy qismi tarmoqlarni barpo etish va boshqarishning bulutli tizimlariga bag‘ishlandi. Bu kabi innovatsiyalarni mahalliy korxonalar faoliyatiga joriy etishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarda xorijlik mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan imtihon tashkil etildi. O‘tish ballarini qo‘lga kiritgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют