» » Kurdlar Turkiyani Afrinda taqiqlangan napalm va xlordan foydalanganlikda aybladi

Kurdlar Turkiyani Afrinda taqiqlangan napalm va xlordan foydalanganlikda aybladi


Turk armiyasi Suriya—Turkiya chegarasidagi jangovar harakatlarda taqiqlangan qurollardan foydalanmoqda. Bu haqda Afrindagi kurd mudofaa kuchlarining rasmiy vakili Reyzan Xedu ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Turk armiyasi samolyotlar, tanklar, raketalar va xalqaro konvensiyalarga ko‘ra taqiqlangan quroldan — napalm va xlor gazidan foydalanmoqda, shuningdek, askarlar soni bo‘yicha ham tafovut katta. Ularning ixtiyorida turk harbiylaridan tashqari o‘n minglab terrorchilar bor”, — deydi Xedu.

Napalm — qurol sifatida ishlatiladigan quyultirilgan benzin. 1980-yilda BMT “Ba’zi an’anaviy qurollardan foydalanishni taqiqlash yoki cheklash to‘g‘risidagi konvensiya”ga ko‘ra uni taqiqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют