» » Britaniyada 10 yil mobaynidagi eng kuchli zilzila qayd etildi

Britaniyada 10 yil mobaynidagi eng kuchli zilzila qayd etildi


Uels va janubi-g‘arbiy Angliya hududida 17-fevral, shanba kuni 4,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Zilzila epimarkazi Suonsi shahridan taxminan 18 kilometr uzoqda, 11 kilometr chuqurlikda bo‘lgani bildirilmoqda.

Hodisa sababli Suonsi universitetidan odamlar evakuatsiya qilindi. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar bo‘lmadi.

Zilzila Buyuk Britaniyada oxirgi 10 yil ichidagi eng kuchlisi bo‘ldi. Oxirgi bor 2008-yili Linkolnshir grafligida 5,2 magnitudali silkinish qayd etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют