» » Koreya quyi ligasini O‘zbekiston Oliy Ligasidan kuchli deb aytgan Bahodir Nasimov “Buxoro” bilan shartnoma tuzdi

Koreya quyi ligasini O‘zbekiston Oliy Ligasidan kuchli deb aytgan Bahodir Nasimov “Buxoro” bilan shartnoma tuzdi


Bahodir Nasimov faoliyatini “Buxoro” futbol klubida davom ettiradi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Kichik tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekistonga qaytganimdan xursandman. “Buxoro” jamoasining muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shishni istayman!

Bahodir Nasimov, “Buxoro” futbolchisi

O‘zbekistonlik futbolchi o‘tgan mavsumni Janubiy Koreyaning quyi ligasida, aniqrog‘i, “Ansan Griners” klubi safida o‘tkazgandi. O‘shanda Nasimov koreyaliklarning quyi ligasi ham O‘zbekiston Oliy Ligasidan kuchliroq ekani haqida aytgandi.

Oliy Liga formati bu yildan o‘zgarib, Superliga nomini oldi. Qayd etish kerak, Nasimov Superliga haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib ulgurmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют