» » Igor Sergeyev BAA quyi ligasi vakili “Al-Dafra” uchun 1,5 million yevroga tushgan

Igor Sergeyev BAA quyi ligasi vakili “Al-Dafra” uchun 1,5 million yevroga tushgan


Samvel Babayan davrida O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy hujumchisi bo‘lgan Igor Sergeyev Amirliklarning “Al-Dafra” klubi uchun 1,5 million yevroga tushgan. Bu haqda “Championat.asia” nashri Transfermarkt’ga asoslanib xabar tarqatdi.

Bu pullar “Paxtakor” hisob raqamiga kelib tushganmi yoki Sergeyevning agentlari uni qo‘lga kiritganmi, aniq ma’lumot yo‘q. Transfermarkt ayni vaqtda Sergeyevni 1,8 million yevroga baholayotgandi. Endilikda hujumchi “Al-Dafra” safida 2020-yilning 31-dekabriga qadar to‘p suradi.

“Al-Dafra” BAA quyi ligasi hisoblangan Pro-Ligada 11-o‘rinni egallab turibdi. Bu jamoa kamida kelasi yil ham oliy divizionga chiqa olmaydi. Qayd etish kerak, Amirlik chempionatida Otabek Shukurov, Aziz Haydarov, Sardor Rashidov kabi o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p suradi. Igor Sergeyev ular bilan to‘qnash kelishi uchun “Al-Dafra” yuqori divizionga chiqishi kerak bo‘ladi.

2015-yilgi mavsum O‘zbekiston Oliy Ligasida to‘purar bo‘lgan Igor Sergeyev, 2017-yilgi mavsumda “Paxtakor” uchun 13 ta gol urdi. “Al-Dafra” safida undan tashqari braziliyalik Ailton, marokashlik Issam El-Adoua hamda Odil Xermach, iroqlik Muhannad Abdul Rahim kabi legionerlar o‘ynamoqda.

Опубликовано: admin (1-01-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют