» » Xiaomi Mi Mix 2S romsiz smartfonini videoda ko‘rsatishdi (video)

Xiaomi Mi Mix 2S romsiz smartfonini videoda ko‘rsatishdi (video)


Xiaomi kompaniyasi Barselonadagi MWC 2018 konferensiyasida hech bo‘lmaganda bitta flagmanni taqdim etishi kutilmoqda. Kompaniyaning yangi romsiz Mi Mix 2S smartfoni videosi tarqaldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Unda qurilmaning faqat pastki qismini ko‘rish mumkin. Pastki rom ingichkalashganini payqash mumkin, undan old kamera modulini olib tashlashgan. Mish-mishlarga ko‘ra, old kamera ekranning tepa o‘ng qismiga joylashadi.

Yangi smartfonda “Uyga” va “Orqaga” tugmalari bo‘lmaydi, ularning funksiyalari qo‘l ishoralari yordamida bajariladi.

Xiaomi Mi Mix 2S 6 dyuymli ekran va Snapdragon 845 protsessoriga ega bo‘ladi. 8 Gb tezkor va 256 Gb doimiy xotira bilan jihozlanadi, shuningdek, yuzni tanib olish funksiyasi o‘rnatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют