» » Meizu 15 Plus: yangi tasvirlar romsiz dizayn tafsilotlarini fosh qildi

Meizu 15 Plus: yangi tasvirlar romsiz dizayn tafsilotlarini fosh qildi


Meizu kompaniyasi yangi flagman qurilmasi — Meizu 15 Plus smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Yaqinda internetda uning yangi tasvirlari paydo bo‘ldi. Kompaniya Meizu 15 Plus, shuningdek, Meizu 15 ni o‘zining 15 yilligiga bag‘ishlab chiqarmoqchi. Qurilmalar 2018-yil martidan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Yangi renderlar smartfon chap, o‘ng, shuningdek, pastki tomondan o‘ta ingichka romlar bilan qoplanishini ko‘rsatmoqda. Ustki rom esa boshqa tomonlarga nisbatan biroz enliroq. Shu tariqa, old kamera boshqa datchiklar bilan birga smartfonning tepa panelida joylashadi. Shuningdek, rasmga ko‘ra, qurilmaning orqa panelida qo‘sh vertikal kamera va barmoq izi skaneri bo‘ladi.

Meizu 15 Plus Qualcomm Snapdragon 845 yoki Exynos 8895 chipiga ega bo‘ladi. Qurilmaning narxi 562 dollar yoki undan qimmatroq bo‘lishi kutilmoqda. Smartfon 6 Gb tezkor va 128 Gb doimiy yoki 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotirali versiyalarda taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют