» » Oliy sud raisi Kozimjon Komilov boshchiligidagi delegatsiya Fransiyaga boradi

Oliy sud raisi Kozimjon Komilov boshchiligidagi delegatsiya Fransiyaga boradi


Oliy sud raisi Kozimjon Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 19—28-fevral kunlari Fransiyaga safar uyushtiradi. Bu haqda “Jahon” agentligiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Mazkur safar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil qilinib, sud-huquq tizimini rivojlantirish,inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etishda Fransiya tajribasini o‘rganishga qaratilgan.

Tashrif doirasida Davlat kengashi, Adliya vazirligi, Fransiya magistraturasi oliy kengashi, Xalqaro savdo palatasining xalqaro arbitraj sudi, Parij savdo va ma’muriy sudi, shuningdek, Bordo shahridagi milliy magistratura maktabi va boshqa muassasalarda uchrashuv hamda muzokarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tashrif chog‘ida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda fransuz tomoni ishtirokchilari 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha sud-huquq islohotining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют