» » Harbiy xizmatchilar Inha universitetida AKTga oid bilim va malakalarini oshirmoqda

Harbiy xizmatchilar Inha universitetida AKTga oid bilim va malakalarini oshirmoqda


Toshkent shahridagi Inha universitetida Mudofaa vazirligi tizimidagi bir guruh ofitser va serjantlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilim va malakalarini oshirmoqda, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4 sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini zamonaviy  axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablarini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida ikki haftalik o‘quv kurslari tashkil etildi.

— Inha universitetining yetuk mutaxassislari tomonidan maxsus darslar o‘tilmoqda, – deydi kapitan Lutfullo Murodov. – Har bir mashg‘ulotni qunt va qiziqish bilan o‘zlashtirmoqdamiz. Ushbu innovatsion bilim va ko‘nikmalar kelgusida nafaqat harbiy xizmat jarayonida balki, hayotning har bir jabhasida qo‘l kelishi shak-shubhasiz.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan harbiy xizmatchilarga maxsus sertifikatlar berilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют