» » Qozog‘istonga 2017-yilda eng ko‘p mehnat muhojirlari O‘zbekistondan kelgan

Qozog‘istonga 2017-yilda eng ko‘p mehnat muhojirlari O‘zbekistondan kelgan


Qozog‘istonda 2017-yilda mamlakatga kelib ro‘yxatdan o‘tgan muhojirlar soni 2016-yilga nisbatan 20,5 foizga ko‘payib, 16 081 kishini tashkil qildi, deb yozadi UZ24.

Avvalroq ekspertlar 2016-yilda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan Qozog‘istonga immigratsiya ahamiyatli tarzda o‘sganini qayd etgan edi. O‘zbekistonlik muhojirlar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng ko‘p sonli guruhni tashkil qilgan: ularning 1 milliondan ortig‘i 2016-yilda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 300 mingdan ziyod kishi ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan.

Ekspertlar fikricha, Qozog‘istonga 2017-yilda ham eng ko‘p mehnat muhojirlari O‘zbekistondan kelgan. O‘zbekiston, hatto, Qozog‘istondan jismoniy shaxslar eng ko‘p pul o‘tkazmalari yuboradigan mamlakatlar ro‘yxatida Germaniyani ortda qoldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют